Shaxsiy kabinetga kiris
Freedom Pay toʻlov xizmatiga ulanish boʻyicha qoʻllanma
Xizmatni ulash uchun bir nechta bosqichlardan oʻtishingiz kerak:
1
Ariza qoldiring
Bizning saytimizda shaklni toʻldiring va aloqa uchun maʼlumotlaringizni kiriting.
2
Anketani toʻldiring
Kompaniyangiz va rahbariyat haqida maʼlumot kiriting. Zarur boʻlsa, biz qoʻshimcha maʼlumot yoki ta’sis hujjatlarini talab qilishimiz mumkin.
3
Veb-saytni tayyorlang
Veb-saytingiz haqida va qabul qilinadigan toʻlov usullari haqida maʼlumot kiriting. Diqqat qiling, veb-saytda quyidagi elementlar boʻlishi shart:

  • rhaqiqiy tovarlar/xizmatlar va ularning soʻmdagi amaldagi narxlari (test maʼlumotlari emas)
  • tovarlar va kompaniya haqida ishonchli maʼlumotlar (test maʼlumotlari emas)
  • ommaviy oferta (yoki foydalanuvchi shartnomasi)
  • sotuvchining toʻliq rekvizitlari koʻrsatilgan oferta
  • mahsulotni yetkazib berish yoki xaridor tomonidan qabul qilish usullari haqida maʼlumot
  • maxfiylik siyosati
  • kompaniyangizning aloqa maʼlumotlari (manzil, telefon, email)
  • toʻlov tartibi haqida maʼlumot
  • Visa, Mastercard, Humo va Uzcard toʻlov tizimlari logotiplari
4
Shartnomani imzolang
Hujjatlar tekshirilgandan soʻng, biz sizga imzolash uchun shartnoma va shaxsiy kabinetga kirish maʼlumotlarini yuboramiz.
5
Texnik integratsiyani amalga oshiring
Freedom Pay toʻlov yechimiga texnik hujjatlar asosida ulanishni sozlang.
6
Birinchi toʻlovni qabul qiling
Barcha jarayonlar muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgach, siz toʻlovlarni qabul qilishni boshlashingiz mumkin.
Biz cookie-fayllardan foydalanamiz
Yaxshi